Quvasoy shahridagi ta’lim muassasalarida tadbirlar davom etmoqda

Quvasoy shahridagi ta’lim muassasalarida tadbirlar davom etmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilayotganligi yuzasidan xabarlar berib boryapmiz. Navbatdagi tadbir 13-umumta’lim maktabi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Iste’molchilarning huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan mazkur tadbir “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz” deb nomlanib, unda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment