«100 FOIZ DAVOLAYDI!» — Siz bunday reklamalarga ishonasizmi?

«100 FOIZ DAVOLAYDI!» — Siz bunday reklamalarga ishonasizmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda shunday reklamalarni ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin:

«3 kunda natija!»
«100% kafolat!»
«Hech qanday nojo‘ya ta’siri yo‘q!»
«Men ichdim — tuzaldim!»

Ammo chiroyli reklama — mahsulot samaradorligining kafolati emas.

Ayniqsa, dori yoki biologik faol qo‘shimcha haqida gap ketganda, ishonishdan oldin bir necha muhim savolga javob topish kerak:

– bu haqiqatan dori vositasimi?
– uni kim ishlab chiqargan?
– reklamadagi va’dalarning ilmiy dalili bormi?
– «100% natija» degan gap qanchalik ishonchli?
– nega reklamada oq xalat yoki mashhur shaxsdan foydalanilgan?
– biologik faol qo‘shimcha (BFQ)ni dori o‘rnida qabul qilish mumkinmi?
– shifokor bilan maslahatlashish kerak emasmi?

Eng muhimi, shubhali reklamaga ishonish faqat pul yo‘qotishga emas, balki qimmatli vaqt va sog‘liqqa zarar yetkazishiga ham olib kelishi mumkin.

Videoni tomosha qiling — «100 foiz davolaydi!» degan va’da ortida nimalar borligini bilib oling.

Sog‘lig‘ingiz — reklama tajribasi uchun maydon emas.

Post Comment