Federatsiyaning navbatdagi hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholining iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik sub’ektlari” tamoyili asosida vertikal boshkaruvga ega mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik jamoatchilik tashkiloti sifatida kator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib amalda tadbiq etildi.
Buning natijasi o‘laroq bugun, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi o‘tkazildi.
Hisobot Konferensiyasi kun tartibidan 7 ta muhim masalalar o‘rin oldi:
1. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2016-2020 yillar va 2021 yilning 9 oylik faoliyati bo‘yicha hisoboti;
2. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Nazorat-taftish komissiyasining hisoboti;
3. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yangi tahrirdagi Ustavi loyihasini tasdiqlash;
4. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashi tarkibiy miqdorini tasdiqlash va Federatsiya rahbar organlari a’zolarini saylash to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Nazorat-taftish komissiyasi a’zolarining tarkibini saylash to‘g‘risida.
6. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatini 2022-2026 yillarga mo‘jallangan rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash;
7. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatiga doir boshqa masalalar.
Tadbir davomida besh yillik faoliyat natijalarini o‘z ichiga qamrab olgan videorolik ham Konferensiya vakillari e’tiboriga havola etildi.
Shuningdek, Federatsiya tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan 210 nafar fidoyi xodimlari «Faxriy yorliq» va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Qayd etish joizki, shu kunga qadar Federatsiya tizimida 14 ta hududiy birlashma, 199 ta tuman (shahar) jamiyati faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, tizim xodimlarining umumiy soni 1243 nafarni tashkil etadi. Korxona, tashkilot, idora va muassasalarda Federatsiyaning 4986 ta tayanch guruhlari (boshlang‘ich tashkilotlari) tashkil etilgan bo‘lib, Federatsiya a’zolari soni 600 000 nafardan ortiqroqni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018 yildan boshlab Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International)ga a’zo bo‘lgan bo‘lib, tashkilotning MDH davlatlaridan a’zo bo‘lgan davlat va nodavlat tashkilotlari orasida to‘laqonli a’zolikka qabul qilingan yagona tashkilot hisoblanadi.
Federatsiya Matbuot xizmati
1 comment