Muzlatgich soz holatga keltirib berildi

Muzlatgich soz holatga keltirib berildi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Yaypan shahrida yashovchi D.Ubaydullaevaning sotib olingan tovarda yuzaga kelayotgan nosozliklardan norozi bo‘lib yozgan arizasi o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Qumbosti mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Yuldashevga qarashli savdo do‘konidan 2021 yilning iyun’ oyida 3 000 000 (uch million) so‘mga “Biryusa” markali muzlatkich sotib olgan. Biroq oradan ikki oy o‘tib muzlatgich ishlamay qolgan.

Holat bo‘yicha jamiyat hodimlari tomonidan o‘rganuv ishlari olib borilib, savdo do‘koni sotuvchisi F.Rahmonalievga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni tegishli moddalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada yuzaga kelgan holatda iste’molchi haqligi isbotini topib, uning murojaati ijobiy hal etilishiga erishildi.

Iste’molchining o‘rganish ishlari natijalari bo‘yicha tuman jamiyati nomiga bergan Minnatdorchilik xatida savdo do‘koni mas’ullari tomonidan “Biryusa” markali muzlatkichni foydalanish uchun soz holatga keltirilib berilganligi ma’lum qilindi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment