Fuqaro xonadoni tabiiy gaz bilan ta’minlandi
Uchko‘prik tumanida yashovchi Sh. Jo‘raev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, tabiiy gazdan hisoblangan asossiz qarzdorlik tufayli xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilganligini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat tuman jamiyati va soha mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunlar doirasida ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida Sh. Jo‘raevning shaxsiy abonent kartasi va unga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar ko‘rib chiqilib, gaz idorasi AKT operatorlari orqali qayta hisob-kitob qilindi. O‘rganishda fuqaro foydalanuvidagi gaz hisoblagichni yangisiga almashtirish jarayonida texnik xato oqibatida 862 000 (sakkiz yuz oltmish ikki ming) so‘m ortiqcha hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu noreal qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali Uchko‘prik tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan zaruriy hujjatlar tayyorlanib, ortiqcha hisoblangan qarzdorlikni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi va iste’molchining xonadoni tabiiy gaz bilan ta’minlandi.
Nargizaxon ShERALIEVA
Uchko‘prik tumani IHHQJ mutaxassisi
Post Comment