Federatsiya raisi qurilishi olib borilayotgan «Iste’molchilar uyi» kompleksida bo‘ldi

Federatsiya raisi qurilishi olib borilayotgan «Iste’molchilar uyi» kompleksida bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida “Iste’molchilar uyi” kompleksining qurilish jarayonlari davom etmoqda.

Bugun, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov, tumanda qurilishi davom etayotgan “Iste’molchilar uyi”ning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

“Iste’molchilar uyi”da fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi hamda aholining iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida “Iste’molchi kutubxonasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Iste’molchilar uyi”da “Fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat” birligini mustahkamlash maqsadida fuqaro murojaatlari bilan ishlashning “mahallabay” tizimini joriy etishga qaratilgan “Huquqiy maslahat” markazi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment