Vakolatli idoralar bilan nazorat tadbirlarida hamkorlik olib borilmoqda

Vakolatli idoralar bilan nazorat tadbirlarida hamkorlik olib borilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun (10.04.2013 y., O‘RQ-348-son)ning 11-moddasiga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari yo‘l-transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishga haqlidirlar. Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari qonunning ana shu normasi talablari asosida, hududda sohaga daxldor idoralar tomonidan o‘tkazilayotgan turli nazorat tadbirlariga jalb etilib kelinadi.

Xuddi shunday tadbirlardan biri, viloyat Transport boshqarmasi tashabbusiga ko‘ra Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Quvasoy shahri hududida o‘tkazilib, unda shahar jamiyati xodimlari ham ishtirok etdilar.

Reyd tadbiri Quvasoy shahrida transport sohasidagi nazoratni amalga oshirish va tartibga solish yo‘nalishida o‘tkazilib, uning yakunlariga ko‘ra, yo‘llarda qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va ularning profilaktikasi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Post Comment