Aholini birlamchi ehtiyoj tovarlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Aholini birlamchi ehtiyoj tovarlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Hukumatimiz tomonidan aholini birlamchi ehtiyoj tovarlari, xususan un va non mahsulotlari bilan bir maromda va tizimli asosda ta’minlash muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu borada Hukumatimizning tegishli qarorlari qabul qilinib, ijroga ham qaratilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni talablari asosida, aholiga un mahsulotlarini yetkazib berilishi va sotilishi jarayonlari ustidan jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv (o‘rganish)lar o‘tkazib bormoqdalar.

O‘rganish natijalari, shuningdek aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga kiritilishi rejalashtirilgan.

Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment