«Chinortagi»lik iste’molchining talabi qondirildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Chinortagi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.X.ning xarid qilingan telefondagi nuqson sababli telefonni sotuvchiga qaytarib, pulini qaytarib olinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman ichki ishlar bo‘limiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida iste’molchi tuman markazida faoliyat olib borayotgan O. ismli tadbirkordan knopkali “Samsung” telefon apparatini 280 000 so‘mga xarid qilganligi, telefondan foydalanish davrida undan to‘laqonli foydalanishga monelik tug‘diruvchi nuqson mavjudligini aniqlagach, sotuvchiga uchrashib pulini qaytarilishini so‘raganligi ma’lum bo‘ldi. Lekin sotuvchi pulni qaytarmaganligi uchun tuman IIB ga murojat etgan.
Murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari talablari hamda qonun talablarini bajarmaslik natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan sotuvchi nuqsonli tovarni iste’molchidan qaytarib olib, unga pulini to‘liq qaytarib berdi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Post Comment