Ishlab chiqaruvchi vakilining masalaga vijdonan yondoshishi muammoni hal bo‘lishiga olib keldi

Ishlab chiqaruvchi vakilining masalaga vijdonan yondoshishi muammoni hal bo‘lishiga olib keldi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Uchkuprik tumani Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi K.G‘.ning xarid qilingan muzlatgichda nuqson yuzaga kelganligi holati bo‘yicha qilgan murojaati unda ko‘tarilgan masalaning hududiy tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqildi.

Iste’molchining ma’lum qilishicha, u Qo‘qon shahridan “Ferre VS-390-T” rusumli muzlatgichni xarid qilganidan so‘ng, undan kafolat muddati davomida foydalanishi chog‘ida nuqson yuzaga kelgan. U ushbu masalada sotuvchi orqali ishlab chiqaruvchining hududdagi dilleri telefon raqamini olib ularga murojaat qiladi. Murojaat asosida iste’molchi manziliga yuborilgan ustalar muzlatgichni ko‘zdan kechiirib, unda nuqson yo‘qligini, u odatdagi ish rejimida ishlayotganligini aytib ketadilar. Iste’molchi tomonidan ma’ulm qilingan nuqson esa bartaraf qilinmasdan qolavergan.

Murojaat asosida Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari ishlab chiqaruvchining hududdagi dilleri bilan bog‘lanib, amaldagi qonunchilik talablarlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishlari barobarida, diller tomonidan muzlatgichga haqiqatda xizmat ko‘rsatuvchi servis markazidan ustalar iste’molchi manziliga yuborilib, muzlatgichdagi nuqson bartaraf etildi.

Muhammadjon O‘lmasov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi

Post Comment