Iste’molda bo‘lgan telefon apparatini xarid qilgan xaridor nuqsonga duch kelgan
Rishton tumani Zoxidon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.D. iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qilib, tuman hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkordan xarid qilgan mobil telefonni sotuvchiga qaytargani, pulini to‘liq ololmayotganligi bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u tuman markazida mobil qurilmalarni ta’mirlash va ularning savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan iste’molda bo‘lgan Redmi markali mobil telefon apparatini xarid qilgan. Lekin oradan 4 kun o‘tgach apparatda nuqsonlar kuzatilib, u yaxshi ishlamay qolgan. Shundan so‘ng, u sotuvchi huzuriga kelib, nuqsonli apparatni unga topshirgan. Sotuvchi unga pulning ma’lum qismini berib, qolganini keyinroq berishini va’da qilgan bo‘lsada, shu kunga qadar va’dasini bajarmasdan kelgan.
Murojaat Rishton tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida tomonlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borildi. O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga telefon apparatini sotib olish uchun to‘lagan pul mablag‘i to‘liq qaytarib olib berildi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Post Comment