Yana bir iste’molchining moddiy zarar ko‘rishini oldi olindi

Yana bir iste’molchining moddiy zarar ko‘rishini oldi olindi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro A.S. murojaat qilib, xarid qilingan mebelning nuqsonli chiqqanligi va uni sotuvchi tomonidan almashtirib berish ishlari paysalga solib kelinayotganligi holati yuzasidan murojaat qilgan.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u shahardagi mebel mahsulotlarini sotuvchi do‘kondan 2 000 000 so‘mga kiyimlar uchun javon xarid qilgan. Sotuvchi vakili javonni uyga o‘rnatib ketgach, kiyimlarni javonga joylash jarayonida uning ichki qismida nuqson borligini ko‘rgach, sotuvchiga bu borada murojaat qilgan. Sotuvchi xuddi shunday rusumdagi javon sotuvda qolmaganligi, uni 10 kun ichida, ya’ni Toshkent shahridan tovarning yangi partiyasi kelishi bilan almashtirib berishga va’da berilgan bo‘lsada, oradan 20 kun o‘tsa hamki va’da bajarilmagan.

Shahar jamiyati mutaxassisi murojaatni o‘rganish davomida sotuvchi bilan uchrashib, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 13-14-moddalari talablarini tushuntirgach, sotuvchi shu kunni o‘zida nuqsonli javonni qaytarib olib, uni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berdi. Olib borilgan ishlar natijasi bilan iste’molchining 2 000 000 so‘m zarar ko‘rishining oldi olindi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.

Post Comment