Federatsiyaning Beshariq tuman jamiyati grant tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida joriy yilning avgust oyi yakunida Davlat granti uchun 2–3 tanlovini e’lon qilgan edi.
Viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2023 yilning 30 avgust kunidan 2 oktyabr kuniga qadar davom etgan, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z ichiga olgan 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovga jami 33 ta grant loyihalar topshirildi. Bulardan 5 ta loyiha ommaviy axborot vositalaridan, 25 ta loyiha NNT vakillaridan va 3 ta loyiha esa mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushdi. Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Uning natijalariga ko‘ra, viloyat Jamoat fondi tomonidan jami 7 ta davlat grant loyihasi uchun 349 300 000 so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, g‘olib deb topilgan loyihalar ichida Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining «Sog‘liging o‘z qo‘lingda» nomli loyihasi ham bo‘lib, 50 mln so‘mlik mazkur loyiha Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilishi bo‘yicha qaror qabul qilinganligidan barchamiz xursandmiz.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment