Nuqsonli tovarning puli qaytarildi
Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Rishton tumani «Uchariq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.S.ning xarid qilingan sun’iy suv havzachasi (basseyn) nuqsonli chiqqanligi va uni almashtirish yoki pulini qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida Bag‘dod tumani bozori hududidagi savdo do‘konidan 1 200 000 so‘mga bolalar uchun sun’iy cho‘milish havzachasi (basseyn) xarid qilganligini, lekin xonadonga keltirib unga suv to‘ldirilishi jarayonida tagidan suv sizib chiqaverganini, sinchiklab ko‘rilganda unda nuqson mavjudligini anilashganligini, sotuvchi uning e’tirozlariga quloq tutmayotganligini ma’lum qiladi.
Tuman jamiyati mutaxassislari ushbu murojaatni o‘rganishlari davomida iste’molchining e’tirozlari o‘rinligi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sotuvchiga yuzaga kelgan holat va amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilganida esa u iste’molchiga nuqsonli tovarning pulini qaytarib, muammoni tezkorlikda bartaraf etdi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment