Korrupsiyaga qarshi kurashish ishida OAV va NNTlar faolligini oshirishga qaratilgan trening bo‘lib o‘tdi
Bugun Farg‘ona shahridagi «Aziya» mehmonxonasi konferens zalida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida jurnalistlar, NNTlar faollari, blogerlar uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ochiqlikni ta’minlashda OAV va NNT faollari salohiyatini oshirish» mavzusida bir kunlik trening bo‘lib o‘tdi. Unda Federatsiyaning hududiy birlashma va ayrim tuman (shahar) jamiyatlaridan mutaxassislar ham ishtirok etdilar.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Mirshod Xo‘jayev, O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi treneri Yoqutxon Mamatova, «Aqua Trio LLC» IT-kompaniyasi direktori Artur Kanlar tomonidan, zamonaviy va interaktiv usullardan foydalangan holda, ishtirokchilarning trening kun tartibidagi mavzular yuzasidan huquqiy bilim va malakalari oshirildi. Tadbir davomida har bir mavzu doirasida keyslar tahlili, guruhlarda ishlash, bahs munozara, amaliy mashg‘ulot, taqdimot usullaridan keng foydalanildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Post Comment