Tibbiyot xodimiga sotilgan nuqsonli tovar sotuvchiga qaytarildi

Tibbiyot xodimiga sotilgan nuqsonli tovar sotuvchiga qaytarildi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shahardagi Federatsiyaning tayanch guruhi (boshlang‘ich tashkiloti) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tibbiyot muassasalaridan birida mehnat faoliyat olib boruvchi X.M.ning 3 600 000 so‘mga sotib olingan kir yuvish mashinasi nuqsonli chiqqanligi va uni amaldagi qonunchilik asosida maqbul sifatdagisiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, LORETTO rusumli kir yuvish mashinasi Marg‘ilon shahridagi Ipakchi buyum bozori hududidagi savdo do‘konlaridan biridan xarid qilingan. Undan foydalanish jarayonida nuqsonlari aniqlangach, bu borada sotuvchiga qilingan murojaatlaridan natija bo‘lmagan. Shundan so‘ng iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Murojaatni o‘rganish davomida sotuvchi bilan uchrashilib, yuzaga kelgan holatda iste’molchining huquqlari va sotuvchining majburiyatlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan belgilanadigan kafolat muddati hamda mazkur kafolat muddati davomida sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘rganish yakuni bilan nuqsonli kir yuvish mashinasini boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilib, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilishiga erishildi.

Usmonjon Ruziev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment