Farg‘ona tumanidagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Farg‘ona tumanidagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Federatsiya hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida chora-tadbirlar rejasi imzolangan. Hozirda joylarda Federatsiyaning hududiy tashkilotlari tomonidan ana shu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan, Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mas’ullari ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasi ishchi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ham yuqoridagi dastur ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillanib, uning doirasida tibbiyot xodimlariga yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati hamda uning maqsad va vazifalari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vaziflar xususida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, tibbiyot muassasasida Federatsiyaning tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ikki tashkilot o‘rtasida tibbiyot xodimlarining huquqiy bilim saviyasini oshirish, ularning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalarida yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Post Comment