Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar bilan uchrashildi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida qonunchilik ijrosiga bevosita daxldor bo‘lgan idoralarning ijtimoiy sherikligi va o‘zaro hamkorligisiz sezilarli natijalarga erishish mushkul. Shu nuqtai nazardan Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish maqsadini ko‘zlovchi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi va «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarning tutgan o‘rni va ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat idoralari bilan olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik, bu borada imzolangan memorandumlar, hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ularning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokichlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularning bu boradagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.
Sardor Mirzajonov,
Uchko‘prik tuman jamiyati raisi.
Post Comment