Hududiy birlashmaning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Farg‘ona shahridagi «NNTlar uyi»da hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining 2025-yil 1-chorak faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ishida Federatsiya raisi o‘rinbosari-ijrochi direktor Jamshid Xusenovich Xamroyev videokonferensaloqa tarzida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Federatsiyaning 2025-yil 15-apreldagi navbatdagi Majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, sudlarga da’vo arizalari kiritish, jamoatchilik nazorati tadbirlarini o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillash va o‘tkazish, hududiy birlashmaning grant loyihasi yakunlari yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglandi hamda hududiy birlashma faoliyatiga oid boshqa tashkilliy va joriy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Post Comment