Instagram’da savdo qilishda shoshilmang!

Instagram’da savdo qilishda shoshilmang!

Bugun Instagram orqali kiyim-kechak, telefon, maishiy texnika va boshqa ko‘plab mahsulotlarni xarid qilish juda qulay. Ammo chiroyli suratlar, katta chegirmalar va ko‘p sonli obunachilar har doim ham ishonchli sotuvchi degani emas.

Pul o‘tkazishdan oldin 5 ta tekshiruvni unutmang:

1. Sotuvchi kim?
Do‘konning nomi, faoliyat turi va o‘zi haqida yetarli ma’lumot bormi?

2. Manzili va aloqa ma’lumotlari bormi?
Telefon raqami ishlaydimi? Haqiqiy manzili ko‘rsatilganmi?

3. Tovar haqida ma’lumot yetarlimi?
Mahsulotning xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi, o‘lchami va boshqa muhim ma’lumotlar berilganmi?

4. To‘lov qanday amalga oshiriladi?
«Hozir pul o‘tkazing, chegirma tugaydi!» kabi shoshiltirishlarga aldanmang. Ayniqsa, noma’lum shaxsning shaxsiy kartasiga pul o‘tkazishda ehtiyot bo‘ling.

5. Do‘konning tarixi va obro‘sini tekshiring.
Sahifa qachondan beri faol? Haqiqiy xaridorlarning fikrlari bormi? Boshqa manbalarda bu do‘kon haqida nima deyilgan?

Yodingizda bo‘lsin: ko‘p obunachi, chiroyli sahifa yoki katta chegirma — ishonchlilikning kafolati emas.

Agar muammo yuzaga kelsa, yozishmalar, to‘lov cheki, skrinshotlar va sotuvchi haqidagi ma’lumotlarni o‘chirib yubormang. Ular keyinchalik o‘z huquqlaringizni himoya qilishda muhim dalil bo‘lishi mumkin.

Ushbu videoni tomosha qiling va Instagram orqali xarid qilishda o‘zingizni firibgarlikdan himoya qilishning 5 ta oddiy usulini bilib oling.

Avval tekshiring — keyin pul o‘tkazing!

Post Comment