Marg‘ilonda ta’lim muassasalaridagi o‘rganishlarning maqsad va vazifalari targ‘ib qilindi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi 4-sonli texnikumda ham targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, axborot ochiqligi hamda ta’lim oluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘rganishlarning asosiy maqsad va vazifalari, ularni o‘tkazish tartibi hamda jamoatchilik monitoringining ahamiyati tushuntirildi. Bunday tadbirlar ta’lim muassasalari faoliyatiga aralashish yoki tekshiruv o‘tkazishni emas, balki mavjud sharoitlarni o‘rganish, ta’lim oluvchilarning fikr-mulohazalarini eshitish va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgani ta’kidlandi.
Targ‘ibot tadbiri yoshlarning iste’molchilik huquqlari borasidagi xabardorligini oshirish, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini bilishi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tartibda murojaat qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.



Post Comment