Ishchi guruhi tizimli asosda faoliyat olib bormoqda
Hududiy birlashma ishchi guruhi tomonidan Quva tumani hududida qurib foydalanishga topshirilgan hamda bugungi kunda qurilish ishlari davom ettirilayotgan qurilish ob’ektlari (bino, inshoot, turar joy binolari, yengil turdagi qurilmalar, vaqtinchalik qurilmalar)ning qurilish normalari va qoidalari, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Bugun ishchi guruhi Turk mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar hamda Mingchinor qishlog‘ida qurilishi ketayotgan besh qavatli uylarda olib borilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.
Ishchi guruhi a’zolari tomonidan ushbu ob’ektlarda tegishli me’yoriy hujjatlarning mavjudligi, sifati va texnik reglamentlarga mosligi, qurilishda ishlatilayotgan materiallar va buyumlarning sertifikatlanganlik holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etilishi, mazkur ob’ektlardan imkoniyati cheklangan shaxslarning moneliksiz foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va boshqa shu kabi talablar ijrosini ta’minlanganligi holatlari bilan yaqindan tanishildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment