Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga kelib tushgan murojaatlar tahlili (infografika)
2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga jami 420 ta murojaatlar kelib tushdi.
Shularning 31 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezidentga murojaat portali”, 9 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoni, 76 tasi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yagona ishonch telefoni orqali, 304 tasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlariga kelib tushgan.
Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra, jami 331 566 371 so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan bo‘lib, shularning 2 850 000 so‘mi nazorat qiluvchi idoralar ko‘magida hal qilingan.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment