Iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etaylik
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari shahardagi 5-sonli oilaviy poliklinikada “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz” mavzusida tibbiyot xodimlarining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan davra suhbati tashkilladilar.
Tadbirda tibbiyot xodimlariga amaldagi qonunchilik asoslari, uning mazmun-mohiyati, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularning huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha tushunchalar va ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida tibbiyot xodimlarini yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment