Xiva shahrida «Sayyoh-2021» xalqaro forumi o‘tkazildi
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda turizm sohasi muhim o‘rin tutadi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari kabi, O‘zbekiston ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning yangicha yangicha shaklini yaratishga katta e’tiborni qaratib kelmoqda. Xususan, Federatsiya tashabbusi bilan “Iste’molchilar uyi”, “Huquqiy maslahatxona” kabi bir qator loyihalar bugun iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni joyida va o‘z vaqtida hal etishda debocha vazifasini o‘tab kelmoqda.
Bilamizki, pandemiya sharoitida butun dunyoda eng katta zarar ko‘rgan soha turizmdir.
Turizm yurtimizda rivojlanish bosqichida turgan sohalardan biri bo‘lib, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va ularning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish o‘sha mamlakat turizmini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida “Sayyoh — 2021” xalqaro forumi o‘tkazildi.
Xorazm — qadimgi Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib, O‘zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Xivaning xalqaro miqyosda «Ochiq osmon ostidagi muzey shahar» deya e’tirof etilishi va YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi nafaqat Xorazm viloyati, balki mamlakatimizning jahon turizm bozoridan munosib o‘rin egallashida mustahkam zamin yaratadi.
Ushbu nufuzli anjumanni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementasiya qilinishi, turizm oshiruvchi faoliyatni kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida ko‘maklashish hamda turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha bir qator takliflar ishlab chiqish.
Tadbirda jamoatchi tashkilotlar bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, shuningdek, bir qator manfaatdor idoralar va OAV vakillari hamda oltmishga yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar, ularning 20 nafari an’anaviy, 43 nafari esa onlayn platforma orqali ishtirok etdi.
Forumda asosan 3 ta masala ko‘tarildi:
– “Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida iste’molchilarning transchegaraviy murojaatlari”
– “Ta’lim va tibbiy turizmda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yaxshilash vazifalari”
– “Elektron turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: xalqaro tavsiyalar va mamlakatlar tajribasi”
Bunda asosan, turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish, chetellik sayyoh (iste’molchi) larning murojaatlarini chetel fuqarosi bo‘lshiga qaramasdan o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ilg‘or xalqaro tajribani joriy qilish, xorijda ta’lim olayotgan talaba-yoshlarning iste’molchi borasidagi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, Elektron turizm sohasida iste’molchilar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xalqaro tajribalar asosida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Chunonchi, Xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonda, sohada qilinayotgan ishlar va qilinishi ko‘zda tutilgan ishlar muhokama qilindi.
O‘ylaymizki, mazkur forum sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ilg‘or xalqaro tajribani joriy qilish, mamlakatimizning boy tarixi va bugungi rivojlanishini jahon hamjamiyatiga tanishtirish uchun muhim maydoncha bo‘lib xizmat qiladi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment