Forum ishtirokchilari Buxoro shahrida mehmon bo‘ldilar

Forum ishtirokchilari Buxoro shahrida mehmon bo‘ldilar

Federatsiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Sayyoh-2021» xalqaro forumida faol ishtirok etgan Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi delegasiyasi qaytishda dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Buxoro shahrida mehmon bo‘ldilar.

Mehmonlar Federatsiyaning Buxoro viloyat hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari hamrohligida shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

Ayniqsa, mehmonlarda Buxoroning Eski shahar qismidagi tarixiy-me’moriy obidalar, Ark majmuasi, Bahouddin Naqshband va Bibi Orifa ziyoratgohlari va boshqa katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obidalar katta taassurotlar qoldirdi.

Shundan so‘ng delegasiya Farg‘onaga yo‘l oldi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment