Beshariq tuman jamiyati tomonidan tashkillanayotgan tadbirlardan
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar doirasida 8-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.
Tadbirda tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan sohaga oid amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Hududdagi boshqa korxona, tashkilot va idoralar xodimlari ishtirokda tashkillanayotgan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mehnat jamoalari xodimlarining huquqiy savdoxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning amaldagi qonunchilik va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati hamda bu boradagi yangiliklar bilan tanishtirish, Federatsiya a’zolarining holidan xabar olish va ularning murojaatlari, amaldagi qonunchilik va tizim faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rganishdan iborat.
Tadbirlar doirasida soha xodimlarining qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularning iste’molchilik sohasidagi murojaatlari ham o‘rganib borilmoqda.
Xamidjon Axmedov
Beshariq tuman jamiyati raisi
Post Comment