Tayanch guruhlari faoliyatini jonlantirish yo‘lida

Tayanch guruhlari faoliyatini jonlantirish yo‘lida

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tuman hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan turli ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazib kelinmoqda.

Shuning barobarida, Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan korxona va tashkilotlarda ham bo‘linib, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini jonlantirish, kerakli o‘rinlarda qayta yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Tuman gaz idorasida Federatsiya faollari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda iste’molchilik sohasiga oid amaldagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati xususida axborotlar berib o‘tilib, tashkilot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Tadbir doirasida inson kim bo‘lishidan va qaysi lavozimda faoliyat ko‘rsatishidan, kundalik hayot jarayonida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi sifatida ish olib borayotganligidan qat’iy nazar barchaning iste’molchiligiga alohida urg‘u berib o‘tilib, mazkur tashkilotda tashkillangan tayanch guruhi faoliyatini jonlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment