Kasb-hunar maktabi jamoasi bilan uchrashildi

Kasb-hunar maktabi jamoasi bilan uchrashildi

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Chora-tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tizim xodimlarini iste’molchilik huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularning iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ish olib borish, ularga Federatsiya a’zolari uchun yaratilgan huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini o‘rgatish va boshqa shu kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Tadbir davomida hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr va mulohazalar almashildi hamda yuqoridagi maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Tadbir doirasida mehnat jamoasida Federatsiyaning tayanch guruhi (boshlang‘ich tashkiloti) tuzildi. Seminar yakunida tumanda ARM rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi 1-son kasb-hunar maktabi xodimasi O.Murodova tuman jamiyati esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment