Hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga o‘tish ishlari nihoyasiga yetkazildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyatida 19 ta tuman va shahar jamiyatlari faoliyat ko‘rsatib keladi. Ularning faoliyati esa Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan muvofiqlashtirib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2021 yildagi PQ-5012-son qarorida, bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta’kidlab o‘tilib, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Shulardan biri nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmasi yuridik shaxs hisoblanishi, bunda alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibi bekor qilinishi ham nazarda tutilgandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Federatsiya Kengashi qarori bilan uning respublikadagi hududiy tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinib, adliya vazirligiga tegishli hujjatlar kiritilgandi.
Bugun Farg‘ona viloyatida bu boradagi ishlar to‘liq nihoyasiga yetkazilib, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga viloyat adliya boshqarmasida davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar topshirildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment