Ichki ishlar bo‘limiga qilingan murojaat tuman jamiyati xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumandagi davlat idoralardan birida mehnat faoliyati olib borayotgan B.Z.ning tuman ichki ishlar bo‘limiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
Murojatda ko‘rsatilishicha, iste’molchi tuman markazida joylashgan “Parvoz” kredit savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida “Redmi 9 A 32gb” rusumli mobil telefon apparati sotib olgan. Ammo undan foydalanish davrida mobil qurilmada nuqson mavjudligini aniqlagan. O‘zining bu boradagi qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lib savdo do‘koni sotuvchilariga murojat qilgan iste’molchi, nuqsonli tovarni almashtirib berilishi yoki puli qaytarilishi bo‘yicha ijobiy natijaga erisha olmagan. Shundan tuman ichki ishlar bo‘limiga mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Masalaga tuman jamiyati mutaxassislari aralashuvi hamda sotuvchilarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini tushuntirilishi bilan masala iste’molchi foydasiga hal etilib, sotuvchi tomonidan unga 1 743 000 so‘m pulini qaytarilishiga erishildi.
– Mening «Parvoz» kredit savdo do‘konidan xarid qilib olgan tovarim sifatsiz chiqqanligi xususidagi murojaatim, tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etib berildi. Murojaatimni o‘rganib chiqilishi yakunlari bo‘yicha e’tirozim yo‘q, – deydi B.Z. tuman jamiyatiga bergan minnatdorchilik xatida.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment