Iste’molchiga xonadonni ta’mirlayotgan ustalar tomonidan yetkazilgan moddiy zarar qoplab berildi

Iste’molchiga xonadonni ta’mirlayotgan ustalar tomonidan yetkazilgan moddiy zarar qoplab berildi

Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasida yashovchi I.R. xonadonida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustalarning xizmatlari sifatidan norozi bo‘lib shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.

Murojaatda keltirilishicha, iste’molchi o‘zining egaligidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustalarning maslahati bilan 30 kg vodoemul’siya xarid qilib ularga olib kelib bergan. Oradan 3 kun o‘tib ustalar yana 20 kg vodoemulsiya keltirib berishini aytishgach xonadonga borib idishda 10 kg yaqin bo‘yoq turganligini, yana bir ikkita qurilish materiallari yetishmayotganligini ko‘radi va shahar jamiyatiga ushbu masalani o‘rganib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam so‘raydi.

Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni joyiga borib o‘rganish davomida ustalar tomonidan qurilish materiallarini noto‘g‘ri ishlatish oqibatida iste’molchiga moddiy zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgach, ustalar tomonidan iste’molchiga yetkazilgan 1 750 000 so‘m moddiy zararni to‘liq qoplab berilishiga erishildi.

Nodirjon Toshkanov,
shahar jamiyati raisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment