Grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha amaliy trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha amaliy trening mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi 19 ta tuman va shahar jamiyatlari 2003 yilda tashkil etilgan vaqtlaridan 2023 yil bahor oylariga qadar adliya vazirligida hisob ro‘yxatida turgan holda faoliyat yuritib kelgan edilar. Bu holat tuman (shahar) jamiyatlarining faoliyatida qo‘shimcha qiyinchiliklarni vujudga keltirmagan bo‘lsada, ularning turli grantlar, davlat ijtimoiy buyurtmasi va subsidiyalarini olish uchun e’lon qilingan turli tanlovlarda mustaqil qatnashish imkoni bermas edi.

Bugungi kunda ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2021 yildagi «Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5012-son qarori bilan yaratib berilgan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga o‘tib o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bu esa tizim tashkilotlariga yurtimizda NNTlar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoni beradi.

Bugun hududiy birlashmaning O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi olib borilayotgan hamkorligi doirasida tizimdagi tashkilotlar mas’ul xodimlari uchun mahalliy grantlarni tayyorlash va ularni samarali amalga oshirish mavzusida trening tashkillandi. Treningda hududiy bo‘linma rahbari Dilmurodjon Fozilov tomonidan kun tartibidagi mavzu asosida tuman (shahar) jamiyatlarining mas’ul xodimlariga mahalliy grantlarga loyiha g‘oyasini ishlab chiqish, rejalashtirish va uni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan grant loyihasini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tarzida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment