Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi dolzarb mavzuda tadbir o‘tkazdi
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining o‘rni» mavzusida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbati kun tartibi doirasida bir qator faol davlat va nodavlat tashkilotlari vakillarining ma’ruzalari tinglandi. Xususan, hududiy birlashma mas’ul xodimlari tadbirda «Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni» mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida mamlakatimizning kelgusi yetti yillikdagi rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi «O‘zbekiston-2030» strategiyasi ishlab chiqilishi jarayonlarida muhim takliflar bilan ishtirok etgan bir qator faollar qatorida hududiy birlashma matbuot va axborot sektori boshlig‘i G‘ayrat Mamatqulovga ham «Yuksalish» umummilliy harakati raisining Minnatdorlik xati topshirildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment