Hisobot davrida salkam bir yarim milliard so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga hal qilib berildi
Hisobot davrida murojaatlarni o‘rganilishi natijalariga ko‘ra, 1 mlrd 468 mln 679 ming 289 so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan 2023 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida iste’molchilarning 685 ta murojaatlari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shularning 361 tasi yozma, 309 tasi og‘zaki, 15 tasi esa elektron murojaatlardan iborat bo‘lgan.
Kelib tushish manbalariga ko‘ra, 14 tasi Hukumat idoralaridan, 145 tasi Federatsiya ishonch telefoni, 15 tasi Federatsiya telegram boti, 511 tasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib olingan.
Sohalar bo‘yicha: murojaatlarning 239 tasi savdo, 109 tasi gaz ta’minoti, 84 tasi suv ta’minoti, 77 tasi elektr ta’minoti, 38 tasi kommunal xo‘jalik, 45 tasi xizmat ko‘rsatish (servis), qolgan 93 tasi esa yana boshqa sohalarga oid masalalarga to‘g‘ri kelgan.
Shuning bilan birgalikda, 373 nafar fuqarolarga «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari orqali, 500 nafar fuqarolarga esa aholi yuzma-yuz muloqotlar davomida bepul huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 685 ta murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra, jami 1 mlrd 468 mln 679 ming 289 so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan bo‘lsa, shularning 65 880 000 so‘mi Hukumat idoralaridan kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra, 183 mln 749 ming 963 so‘mi esa Federatsiya ishonch telefoni orqali, 9 mln 973 ming so‘mi esa Federatsiya telegram boti orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra hal qilingan. Mablag‘larning 1 mlrd 209 mln 076 ming 326 so‘mi esa tizim tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga hal qilib berilgan.
Shuning bilan birgalikda, qayta hisob-kitob qilingan mablag‘larning 2 mln 430 ming 288 so‘mi nazorat qiluvchi idoralar yordamida, 4 mln 911 ming 016 so‘mi esa sud idoralari yordamida hal qilingan.
“Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 373 nafar fuqarolarga, shulardan kommunal xo‘jalik bo‘yicha 63 nafar, savdo masalalarida 56 nafar, sog‘liqni saqlash masalalarida 25 nafar, gaz ta’minotida 66 nafar, suv ta’minoti bo‘yicha 34 nafar, aloqa xizmatlari bo‘yicha 14 nafar, transport xizmatlari bo‘yicha 14 nafar, elektr ta’minoti masalalarida 27 nafar, boshqa masalalar bo‘yicha 53 nafar fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilgan.
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari rahbar va mas’ul xodimlari jami 500 nafar fuqarolar, jumladan uy-joy kommunal masalalarda 140 nafar, savdo masalalarida 69 nafar, sog‘liqni saqlash masalalarida 31 nafar, aloqa xizmatlari bo‘yicha 21 nafar, transport xizmatlari bo‘yicha 26 nafar, servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha 2 nafar, ta’lim masalalarida 15 nafar, boshqa masalalarda 164 nafar fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, ularga bepul huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment