Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi talabalar turar joyiga press-tur uyushtirildi
Yurtimizdagi barcha oliygohlarda bo‘lgani kabi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati oldida turgan vazifalardan biri ham bu, albatta, talabalarni yetarli sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan, zamonaviy turar joylar bilan ta’minlash masalasidir. Yaqinda institut sa’y-harakatlari bilan 344 o‘ringa ega bo‘lgan ana shunday turar joylardan yana biri foydalanishga topshirilgan va institut tasarrufidagi talabalar turar joylari soni 3 taga yetkazilgandi.
Bugun ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari uchun institut tomonidan foydalanishga topshirilgan mazkur talabalar turar joyiga press-tur uyushtirildi. Press-tur davomida tadbir ishtirokchilari ko‘p qavatli binoning talabalar uchun mo‘ljallangan yotoqxonalari, oshxonalar, gigiena, kir yuvish, tibbiyot xonalari, dars tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari binoning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarning faol dam olishlari uchun sportning ayrim turlari bilan shug‘ullanish yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilar va institut mutasaddilari o‘rtasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, buning ortidan ularga berilayotgan ta’lim sifatini yanada oshirish masalalarida o‘zaro muloqot tarzida fikr va mulohazalar ham almashildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
(fotolar: Institut matbuot xizmati)
Post Comment