Ochiq muloqot hamda jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida Farg‘ona shahridagi “NNTlar uyi”da “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot tashkillandi. Unda hududiy birlashma tizimidagi tashkilotlar mas’ul xodimlari, viloyatdagi NNTlar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va mazkur qonun ijrosini hamda unda keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 28 noyabrda qabul qilingan hamda O‘zbekistonda iste’molchilik ijtimoiy harakatining timsoli bo‘lgan Iste’molchilar huquqlarini ihmoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi e’tirof etilgan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qaror mazmun-mohiyatiga qaratildi.
Shuningdek, tadbir doirasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining «2023 yilning 9 oyi davomida viloyatda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar» mavzusida jamoatchilik eshituvi ham o‘tkazildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment