Bir haftada ishlamay qolgan «Quyosh» almashtirildi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Navoiy ko‘chasida yashovchi B.S.ning xarid qilingan elektr isitgichning nuqsonli chiqqanligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatchi shahardagi bozordan «Quyosh» nomli elektr isitgich sotib olganligini, lekin isitgich bir hafta o‘tib ishlamay qolganligini, bu borada sotuvchiga uchrashganida nuqsonli tovar qaytarib olinmaganligini bayon qilib, masalani qonuniy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Shahar jamiyati mutaxassislari murojaat asosida sotuvchi bilan uchrashib, yuzaga kelgan holatda iste’molchi huquqlari va sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. O‘rganish ishlari yakunlari bilan esa, sotuvdagi narxi 1 250 000 so‘m bo‘lgan elektr isitgich xuddi shu rusumdagi maqbul sifatdagisiga almashtirildi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.
Post Comment