Oshxona xodimi xarid qilgan sifatsiz ko‘mir sifatlisiga almashtirildi

Oshxona xodimi xarid qilgan sifatsiz ko‘mir sifatlisiga almashtirildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida xarid qilingan ko‘mirning sifatsizligi masalasidagi murojaat o‘rganildi.

Iste’molchi S.T. o‘z murojaatida ma’lum qilishicha, u shahardagi oshxonalardan birida ishlaydi. Shahar hududidan ovqat pishirish uchun xarid qilgan 752 500 so‘mlik ko‘mir yoqilg‘isi sifatsiz chiqqanligi sababli uni belgilangan maqsadlar uchun ishlatishda muammoga duch kelgan. Ushbu masalani o‘z kuchi bilan hal qila olmagach, muammosini ijobiy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib kelgan.

Shahar jamiyati mutaxassislari har bir kilogrammi 1750 so‘mdan xarid qilingan ko‘mirning sifati talab darajadasida emasligiga guvoh bo‘lishgach, sotuvchi bilan uchrashib ushbu masalada qonun talablarini tushuntirish ishlarini olib borganlaridan so‘ng, o‘rganish ishlari sifatsiz ko‘mirni sifatlisiga almashtirilishi bilan yakun topdi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

(illustrativ foto)

Post Comment