Tizim tashkilotlarining ayrim ko‘rsatkichlari (infografika)
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni targ‘ibotini olib borish maqsadida 2023 yil davomida 1371 ta yozma (bosma va elektron OAVlarda chiqishlar) va og‘zaki (seminarlar va davra suhbatlari) tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lib, shularning 61,9 % yozma targ‘ibot tadbirlariga to‘g‘ri kelgan. Shularning 113 tasi televideniye va radio orqali chiqishlarga to‘g‘ri kelgan.
Tizim tashkilotlariga 840 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularni o‘rganish natijalariga ko‘ra 2 mlrd 077 mln 914 ming 962 so‘m mablag‘larni iste’molchilarning foydasiga qayta hisob-kitob qilishga erishilgan. Mablag‘larning 71 mln 880 ming so‘mi Hukumat idoralaridan kelgan, 202 mln 258 ming 387 so‘mi Federatsiyadan yuborilgan, 1 mlrd 803 mln 776 ming 575 so‘mi esa tizim tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra hal qilingan. Hal qilingan summaning 2022 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 204 % ni tashkil qiladi.
Savdo, xizmat ko‘rsatish (servis), kommunal xo‘jalik (shirkatlar) sohasiga oid murojaatlar soni o‘sgan.
Post Comment