Tizimda ishlarni samarali tashkillash borasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining 15.07.2024 yildagi majlisi hamda hududiy birlashma Kengashining 23.07.2024 yildagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman (shahar) jamiyatlari rahbarlari axborotlari tinglandi.
Shuning bilan birgalikda, hududiy birlashma tizimidagi tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, jamoatchilik nazoratini tashkillash va o‘tkazish ishlarini jonlantirish, kadrlar bilan ishlash, ularning kasbiy bilim va malakasini tizimi asosda oshirish borasidagi ishlarni tashkillash borasidagi ishlar yuzasidan axborotlar tinglanib, ishlarni to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish borasida tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Post Comment