Jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
Hududiy birlashma media tadbirlar rejasi asosida o‘tkazilgan «2024 yilning birinchi yarim yilligi davomida iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolar va ularni kelib chiqish sabablari» mavzusidagi media tadbir doirasida jamoatchilik vakillari va tizim xodimlari ishtirokida Farg‘ona tumanining «Yordon» mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla mas’ullari va faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari faoliyati, xususan tizim tashkilotlariga 2024 yilning birinchi yarim yilligi davomida iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar, ularda ko‘tarilgan masalalar va hal qilinishi natijalari, mamakatimizning mazkur eksklav hududi aholisi vakillarining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan umumiy o‘rta maktabi o‘quvchilari uchun barpo etilgan yangi sport zali hamda maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ular uchun yangitdan qurib ishga tushirilayotgan bolalar bog‘chasi binosi, davlat subsidiyasi asosida hudud aholisi uchun barpo etilayotgan mini futbol stadionida olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, ushbu yo‘nalishlardagi ishlarni, shuningdek hududda turizmni yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.
Post Comment