Quvasoyda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
{:uz}
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarida turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Shahardagi 27-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkillangan tadbir ham shular jumlasidandir.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish, sohaga oid qonunchilik ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish kabi masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularni yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida yanada faol ishtirok etishga chorlandi.
Tadbir doirasida iste’molchilik ijtimoiy haarkati faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savolllarga javoblar qaytarildi.
Farxodjon Xaydarov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment