Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati bir qator bank muassasalarida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining viloyat bosh boshqarmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik Memorandumi asosida tasdiqlangan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish ishlarida yaqindan hamkorlik qilishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi asosida Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati tashabbusi bilan hududdagi bir qator bank muassasalari xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Asakabank AJ, ATB Tenge bank, ATB Agrobank va XAB Trastbanklarning Farg‘ona shahridagi filiallarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Tadbirlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, bank muassasasi hamda Federatsiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlar doirasida bank xodimlarining iste’molchilik sohasini yanada rivojlantirishga oid fikr-mulohaza hamda takliflari ham tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Mansurjon Toshkanov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий