Madaniyat uyi xodimlari bilan uchrashuv tashkillandi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan “Zebuniso” madaniyat uyida aholining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga doir “Yuksak iste’mol madaniyati ” mavzusida targ‘ibot davra suhbati o‘tkazildi.
“Zebuniso” nomli madaniyat uyi ishchi xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda shahar jamiyat ijro etuvchi apparati raisi Sh.Qoraboev hamda jamiyat matbuot va axborot mutaxassisi A.Rasulovlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta’minlash borasida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishitrokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий