Xalqaro forum o‘z ish faoliyatini boshladi

Xalqaro forum o‘z ish faoliyatini boshladi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International), Xalqaro iste’molchi jamiyatlari konfederatsiyasi (KonfOP), “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25 noyabr’ kunlari turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh — 2021” xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementasiya qilinishi, turistik faoliyatni oshiruvchi kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida ko‘maklashish hamda turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Mazkur Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurayotgan xalqaro delegat a’zolari kutib olindi, shuningdek, barcha delegat a’zolarini Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro iste’molchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yo‘llagan murojaat o‘qib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati namoyish etildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий