Yuzma-yuzma muloqotlar va uchrashuvlar o‘tkazilyapti
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi ta’lim muassasalarida, xususan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumta’lim maktablarida ishchi-xodimlar bilan yuzma-yuz muloqotlarni o‘tkazib bormoqdalar.
Muloqotlar davomida yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy haarkatining vujudga kelishi va rivojlanishi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik asoslari, Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyati to‘g‘risida tushuntirishlar va axborotlar berilmoqda. Bu esa mazkur tizimlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularnig huquq va manfaatlarini himoya qilinishida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikda ish olib borishga zamin yaratmoqda.
Yuzma-yuz muloqotlar va uchrashuvlarda iste’molchilarni sohaga oid masalalarda qiynab turgan muayyan muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berilmoqda, o‘rganishni talab qiladigan murojaatlari esa o‘rganib hal qilish uchun qayd qilib borilmoqda.
Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий