Javobgardan moddiy va ma’naviy zararlar undiriladigan bo‘ldi

Javobgardan moddiy va ma’naviy zararlar undiriladigan bo‘ldi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiya a’zosi M.Mamajanovaning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgandi. Nihoyat ishni sudda ko‘rib chiqish ishlari nihoyasiga yetib, fuqaroning qonuniy talablari qanoatlantirilishi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori ham chiqarildi.

Aslida nima bo‘lgandi? Iste’molchi “Sug`diyona Nazirabegim” oilaviy korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida, iste’mol krediti shartlarida, bir dona tikuv mashinasi hamda overlokni 16 mln so‘mga xarid qilishga kelishadi. Ushbu maqsadlar uchun ATB “Mikrokreditbank”ning krediti ham ajratilib, o‘z muddatida sotuvchi hisob raqamiga o‘tkazib ham beriladi. Lekin sotuvchi tomonidan o‘rtada tuzilgan shartnomadagi majburiyatlar, ya’ni uning 9 mln so‘mga teng qismi to‘liq bajarilmasdan kelinadi. Natijada iste’molchi ushbu holat yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan tegishli hujjatlar tayyorlanib, sudga da’vo arizasi kiritilgach, sud tomonlarning ko‘rsatmalari, mavjud hujjatlar asosida ishni ko‘rib chiqib, iste’molchi foydasiga javobgardan 9 mln so‘m moddiy zararni undirish va ushbu summani iste’molchining bank oldidagi majburiyatini bajarishga yo‘naltirish hamda 500 ming so‘m ma’naviy zararni undirishni lozim deb topdi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий