Fuqaroga 3 million 150 ming so‘m puli qaytarildi

Fuqaroga 3 million 150 ming so‘m puli qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning » Toshkesar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi M. Sh.ning «Gano Shifo» kompaniyasi xodimi tavsiyasi asosida sotib olgan biologik faol ozuqaviy qo‘shimcha bo‘lgan mahsulotning sog‘ligiga nojo‘ya ta’sir qilganligi sababli sotuvchiga qaytarilishi va pulini qaytarib olishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u sog‘ligini tiklash maqsadida, kompaniya vakili R.ning tavsiyasi asosida, kompaniyadan 3 150 000 so‘mlik biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar paketini xarid qilgan. Lekin mahsulot iste’molidan so‘ng o‘zini yomon his qilib, tobi qochganidan so‘ng mahsulotlarni sotuvchiga qaytarib bergan bo‘lsada, pullarini qaytarilishi ishlari paysalga solingach shahar jamiyaitiga bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.

Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish doirasida kompaniyaning Toshloq filiali mas’ul xodimi bilan suhbatlashganlarida, iste’molchining bu yerdan yuqorida ko‘rsatilgan summaga mahsulot xarid qilganligi, uni qaytarganligi faktlari o‘z tasdig‘ini topdi. Shundan so‘ng kompaniya xodimlari bilan bu borada olib borilgan huquqiy tushuntirish ishlaridan so‘ng iste’molchiga 3 150 000 so‘m pul mablag‘ini to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.

Отправить комментарий