Bosh boshqarmaning 9 oylik faoliyat yakunlari yuzasidan jamoatchilikka axborot berildi

Bosh boshqarmaning 9 oylik faoliyat yakunlari yuzasidan jamoatchilikka axborot berildi

Farg‘ona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida Farg‘ona viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari Anvar Abdullaev ishtirokida boshqarmaning 9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillariga viloyatda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini ish bilan ta’minlash, mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqarmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Anjuman doirasida ishtirokchilar Farg‘ona shahar hamda Quva tumanidagi «Ishga marhamat» monomarkazlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий